«oziq-ovqat zaxirasi» tegli maqolalar


Olis va borish qiyin bo‘lgan qishloqlarda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi
24 sentabr 2022, 14:51

Olis va borish qiyin bo‘lgan qishloqlarda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi

Hukumat qarori bilan 2022−2023 yilning kuz-qish davrida respublika bo‘ylab 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, sport obyektlari mukammal ta’mirlanadi. Shuningdek, qaror bilan 400 dan ortiq olis qishloq (ovul)larda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Prezident hududlar rahbarlariga oziq-ovqat zaxiralarini shakllantirishni buyurdi
8 mart 2022, 12:09

Prezident hududlar rahbarlariga oziq-ovqat zaxiralarini shakllantirishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev global bozorlardagi narxlarning keskin tebranishini hisobga olib, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, aholini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash lozimligini ta’kidladi. Hududlar rahbarlariga oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, tovarlarni eksportga yetkazishda logistika masalalarini tezkor hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Afg‘onistondagi millionlab aholi uchun oziq-ovqat zaxiralari sentabrda tugashi mumkin — BMT
8 sentabr 2021, 13:17

Afg‘onistondagi millionlab aholi uchun oziq-ovqat zaxiralari sentabrda tugashi mumkin — BMT

BMTning rasmiy vakili Ramiz Alakbarov Afg‘onistonning muhtoj aholi qatlamlarisha mo‘ljallangan oziq-ovqat zaxiralari shu oyda tugashi mumkinligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda besh yoshdan kichik bolalarning yarmidan ko‘pi to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, aholining uchdan bir qismidan ortig‘i yetarli oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan. Ayni paytdagi mavjud talabni qondirish uchun oziq-ovqat sektorining o‘ziga kamida 200 million dollar mablag‘ zarurligi aytilmoqda.

«Oziq-ovqatning 3 oylik zaxirasi har bir hududda bo‘lishi shart» — Shavkat Mirziyoyev
12 may 2021, 17:06

«Oziq-ovqatning 3 oylik zaxirasi har bir hududda bo‘lishi shart» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident videoselektorda go‘sht va o‘simlik yog‘ining narxlari 1 yildan buyon to‘xtovsiz o‘sayotgani barcha rahbarlarni zarur chora-tadbirlarni ko‘rishga undashi kerakligini ta’kidladi. «Oziq-ovqatning uch oylik zaxirasi har bir hududda bo‘lishi shart», — dedi u. Qolaversa, hududlarda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari kamayishi ularning narxi oshishiga olib kelgani aytildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting